20 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,2 °C

Energetika
13 Fevral  2019 2405

Atom energiyasidan faqat tinchlik maqsadlarida foydalanilishi yangi konsepsiyada belgilab qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi.

Mazkur konsepsiya milliy siyosatning asosiy prinsiplarini, ularni amalga oshirish tadbirlarini, ushbu qadamlardagi asosiy xavf-xatarlarni, moliyalashtirish manbalarining prognozini, shuningdek, ularni monitoring va nazorat qilish mexanizmlarini belgilab beradi.

Atom energetikasi sohasidagi milliy siyosatning asosiy tamoyillari undan faqat tinchlik yo‘lida foydalanish, potensial xavfdan insonlar va atrof-muhitni himoya qilish, MAGATEning xavfsizlik talablariga rioya qilish va atom qurolini tarqatmaslik rejimini ta’minlashdan iborat.

Atom energetikasi sohasidagi asosiy maqsad 2030-yilga mamlakatda milliy yadro infratuzilmasini barpo etish, quvvati 2,4 GVt bo‘lgan birinchi atom elektr stansiyasini qurish yo‘li bilan ishonchli, xavfsiz, iqtisodiy samarador elektr energiyasi yetkazib berish, shuningdek, atom energetikasini uzoq muddatli rivojlantirishni ta’minlashdan iborat.

O‘z axborotimiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech