05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,9 °C

Dolzarb
4 Iyun  2020 490

Dunyoda nima gap: chegaralashni bekor qilish boshlandi

Avstriya barcha qoʻshni davlatlar uchun koronavirus bilan bogʻliq chegara postlardagi cheklovlarni bekor qiladi, Italiya bundan mustasno, deb xabar beradi Reuters.

Angela Merkel pandemiyadan soʻng Germaniya iqtisodiyotini tiklashni tezlashtirish uchun moʻljallangan 130 milliard yevro miqdoridagi ragʻbatlantiruvchi chora-tadbirlarning yangi paketini maʼlum qilgan, deb xabar beradi The Guardian. QQS vaqtincha qisqartiriladi, oilalar har bir farzand uchun 300 yevro olishadi.

DW axborot manbasining tarqatgan xabariga koʻra, Germaniya ham 15-iyundan boshlab Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Shengen hududi va Buyuk Britaniya uchun turizm cheklovlarini bekor qiladi.

Mumbay qirgʻoqlarida yuz bergan dovul sabab Hindistonning gʻarbiy shtatlaridagi sohil boʻyi hududlaridan evakuatsiya qilingan 100 000 dan ortiq odam orasidan koronavirus kasalligi aniqlandi, deb xabar beradi CNN.

Prezident Donald Tramp tomonidan tavsiya etilgan bezgakka qarshi dori (Gidroksixloroxin)ning patogenga qarshi himoya salohiyati ilmiy jihatdan batafsil oʻrganilganda, bemorlarni mutlaqo himoya qila olmasligi aniqlandi, deb xabar beradi Bloomberg.

TASS ning xabariga koʻra, Sobyanin Moskva koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun taxminan 250 milliard rubl sarflashini, shuningdek, Rossiya poytaxtida 2020-yil daromadlaridan 500 milliard rubl kamayishini maʼlum qilgan.

Ispaniya hukumati pandemiyaga qarshi kurashda joriy qilingan favqulodda holatni oxirgi marta uzaytirish uchun parlament koʻmagini taʼminlashga soʻz berdi, deb xabar beradi, deb xabar beradi US News.

Xitoy fuqaro aviatsiyasi boshqaruvchisi 8-iyundan boshlab xorijiy aviakompaniyalar uchun Xitoyga xalqaro parvozlarni amalga oshirishlari mumkinligini maʼlum qildi, deb xabar beradi CNBC axborot manbasi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech