05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Energetika
24 Fevral  2020 2545

Elektr transporti rivojlanishning yangi bosqichida

Energetika vazirligida Osiyo taraqqiyot banki maslahat kengashi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Unda elektr transportini rivojlantirish istiqboli bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Osiyo taraqqiyot banki missiyasining maqsadi O‘zbekistonda elektr transportini rivojlantirish siyosati va strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha maslahat berish, elektr transport vositalarining atrof-muhitga ta'sirini tahlil qilish hamda soliq, tariflash, subsidiya ajratish kabi sohalarda jahon amaliyotini hisobga olgan holda iqtisodiy oqibatlarni baholashdir.

Uchrashuv davomida texnik yordamning asosiy yo‘nalishlari, jumladan jamoat hamda shaxsiy transport vositalari sohasiga elektr transport vositalarini bosqichma-bosqich joriy eti va bu boradagi zarur infratuzilmani rivojlantirish, quyosh energiyasiga mos yoqilg‘i bilan ta’minlovchi stansiyalarining turlarini aniqlash, resurslarni tejash zaruriyati va batareyalar ishlab chiqarish bo‘yicha tavsiyalar muhokama etildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech