20 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,1 °C

Dolzarb
8 Avgust  2019 1050

Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazadi

Bugun 8-avgust kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov raisligida Qirg‘iziston Respublikasi xavfsizlik Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Matbuot ishtirokisiz bo‘lib o‘tadigan yig‘ilish kun tartibida «2019-yil 7-avgustda yuzaga kelgan vaziyat munosabati bilan xavfsizlik va qonun ustuvorligini ta'minlash to‘g‘risida»gi masala ko‘rib chiqilmoqda, deya xabar berdi prezident devoni.

Sal oldin Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekovning 7-avgust kuni qisqa muddatli ta'tilini to‘xtatib, Bishkekka qaytgani haqida ma'lum qilingandi, deya xabar beradi «Kabar» agentligi.

«Hozir davlat rahbari Bishkekda, 8-avgust kuni ertalab Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazadi», deydi Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi To‘lg‘onoy Stamalieva.

Avvalroq sobiq davlat rahbari Almazbek Atambaevni hibsga olish bo‘yicha maxsus operatsiyalar o‘tkazilgani haqidagi xabarlar tarqalgandi.

Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi maxsus bo‘linma xodimining halok bo‘lganini ma'lum qilgan.

Rasmiy ravishda 36 nafar jabr ko‘rganlar haqida ma'lumot berildi, ulardan 15 nafari kuch tuzilmalari vakillaridir.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech