16 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,6 °C

Voqea-hodisalar
26 Sentyabr  2019 2060

Fransiyaning sobiq prezidenti Jak Shirak vafot etdi

Fransiyaning sobiq prezidenti Jak Shirak 86 yoshida vafot etdi, deb xabar tarqatdi France Press agentligi. Bu haqda siyosatchining oila a'zolari jurnalistlarga ma'lumot bergan.

O‘lim sababi hali aniqlanmagan.

Xabarda aytilishicha, sobiq fransuz rahbari bugun ertalab yaqinlari davrasida bo‘lgan.

Jak Shirak 12 yil davomida Fransiyani boshqargan – 1995-yildan 2007-yilgacha.

Jak Rene Shirak 1932-yil 29-noyabrda Parijda tug‘ilgan.

19 yoshida kema transportida uch oy ishlagan. Shirak fransuz armiyasida xizmat qilgan, 1956-1957-yilda Jazoir urushida qatnashgan va yaralangan.

Jak Shirak Fransiyaning eng nufuzli ta'lim muassasalari — siyosiy tadqiqotlar instituti va ma'muriyat Milliy maktabida (1957) o‘qib, oliy ma'lumotli bo‘lgan.

O‘qishni tugatgach hisob palatasida davlat xizmatchisi sifatida o‘z faoliyatini boshlagan.

1972-yilda Shirak qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimini egalladi.

1974-yildan 1976-yilgacha Fransiya bosh vaziri bo‘lgan.

1977-yildan 1995-yilgacha Parij meri lavozimida ishlagan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech