17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,7 °C

Bilasizmi?
5 May  2019 603

Xitoy virtual qaroqchilikka qarshi kurashmoqda

«Sinxua» agentligi o‘tgan yili bu mamlakatda asosiy platformalardan 135 mingta onlayn musiqa mahsulotlari va 110 mingdan ortiq videokliplarni o‘chirib tashlagandi. Asosiy sabab - intellektual mulk huquqlarining buzilishi borasidagi shubha.

XXR madaniyat va turizm vazirligi ma'ruzasida qayd etilganidek, o‘tgan yili mamlakatning tegishli organlari intellektual mulk huquqlarini buzilishiga qarshi kurashni kuchaytirib, yirik multiplikatsion veb-saytlarni tekshirgan va natijada 17 mingdan ziyod asar va 3324 onlayn-komikslar o‘chirib tashlangan.

Mobil o‘yinlar bozoriga qaratilgan kampaniya doirasida 36 ta operatorning 28 ta mobil o‘yinlari bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilgan va huquqbuzarlar jazolangan.

2018-yilda Xitoyda 2690 ta korxona faoliyati to‘xtatilgan va 198 ta litsenziya bekor qilingan.

Qora qutilar samolyotdagi nosozlik sabablarini tushunishga yordam beradi

AQSh milliy transport xavfsizligi boshqarmasi (NTSB) xodimlari «Boeing 737» samolyotidan qora qutini chiqarib oldilar. Avvalroq, u Jaksonvill aeroporti yaqinidagi suvga tushib ketgani xabar qilingan edi.

Boshqaruv raisi o‘rinbosari Bryus Landsbergning aytishicha, vashingtonlik ekspertlar qora qutilardagi yozuvlar bilan shug‘ullanadi. Mutaxassislar oldida yana bir vazifa – samolyotning suvga g‘arq bo‘lgan dum qismidan ekipajning so‘zlashuv registratorini chiqarib olish turibdi, deya yozadi CNN.

Joriy yilning 4-may kuni tunda «Miami Air» aviakompaniyasining «Boeing 737»  samolyoti Jaksonvill aeroportida qo‘ngan, lekin uchish-qo‘nish chizig‘idan o‘tib ketib Sent-Jons daryosiga tushib ketgan.

Samolyot bortiga AQSh harbiylari va ularning oilalarini va Guantanamoga tashrif buyuruvchilar chiqqandi. Bortda jami 136 yo‘lovchi va yetti ekipaj a'zosi bo‘lgan. 21 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech