22 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,6 °C

Dolzarb
17 Iyul  2019 650

Hindistonda besh milliondan ziyod kishi toshqinlar hududida qoldi

Hindistonning Assam shtatida kamida 5,2 million kishi kuchli suv toshqinlari xavfi ostida qoldi.

AP Photo/Anupam Nath surati.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, suv toshqinlari natijasida 20 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan. Kuchli quygan yomg‘ir natijasida kelib chiqqan suv toshqinlari shtatning 30 milliondan ziyod aholi yashaydigan 33 hududidan 30 tasini qamrab olgan. 11 daryo, jumladan, Brahmaputra daryosi ham qirg‘oqlaridan toshib oqa boshladi. Yomg‘ir va suv toshqinlari infratuzilmaga ulkan zarar yetkazdi, ko‘plab ko‘priklar va yo‘llar vayron bo‘lgan. Noyob hayvon turlari, jumladan, hind bir shoxli karkidoni yashaydigan Kaziranga qo‘riqxonasi maydonining 90 foizidan ko‘prog‘i suv ostida qoldi. 30 mahalliy jonivor allaqachon o‘lgan.

Ayni damda Assam shtatida qutqaruv ishlari olib borilyapti, bunga tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy kuchlarining 15 jamoasi, shuningdek, armiya bo‘linmalari safarbar etilgan. Aholi vertolyotlar yordamida evakuatsiya qilinmoqda. «NDTV» telekanalining xabar berishicha, 150 mingdan ziyod aholi vaqtincha yashash lagerlariga ko‘chirilgan, evakuatsiya qilish davom etmoqda. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech