11 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,8 °C

Xalqaro munosabatlar
18 Iyun  2019 1125

Bu yil oxirigacha Gaaga konferensiyasiga o‘tamiz

18-24-iyun kunlari Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Niderlandiyada bo‘lib o‘tayotgan xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasining 22-diplomatik sessiyasida ishtirok etmoqda.

Benilyuks (Benilyuks - G‘arbiy Yevropada siyosiy, iqtisodiy va bojxona ittifoqi bo‘lgan hukumatlararo tashkilot. Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgni o‘z ichiga oladi) mamlakatlaridagi O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, delegatsiya tarkibida Tashqi ishlar vazirligi, Oliy sud, shuningdek, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi huzuridagi Toshkent xalqaro arbitraj markazi vakillari ham bor edi.

Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi 1893-yilda tashkil etilgan bo‘lib, eng qadimgi hukumatlararo tashkilotlardan biri hisoblanadi. Uning maqsadi - xalqaro xususiy huquq normalarini bosqichma-bosqich unifikatsiya qilishda ko‘maklashishdan iborat. Ayni paytda dunyoning 82 davlati tashkilot a’zolaridir.

2019-yil mart oyida O‘zbekistonning shu yil oxirigacha yakunlanishi kutilayotgan konferensiyaga kirishi jarayoni boshlangan.

22-diplomatik sessiya yakunlariga ko‘ra, Gaaga konferensiyasining fuqarolik yoki tijorat ishlari bo‘yicha qabul qilingan xorijiy sudlar qarorlarini tan olish va ijro etish to‘g‘risidagi Konvensiyani qabul qilishi rejalashtirilmoqda.

Tashrif doirasida bir qator ikki tomonlama, xususan, Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi, shuningdek, hakamlik sudining doimiy palatasi rahbariyatlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech