05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Energetika
24 Fevral  2020 1715

Gaz qudug‘i qayta ishga qo‘shildi

«O‘zbekneftgaz» AJ ning Buxorodagi 8-sonli qudug‘i ta’mirdan so‘ng qayta ishga qo‘shildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Gazli neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli

«Kalta-kir» gaz konidagi ishlatilmayotgan quduqlar fondida turgan 8-sonli quduq to‘la ta’mirlanib, qayta ishga qo‘shilishi natijasida gaz qazib chiqarish hajmi sezilarli oshdi.

Quduqda suv yo‘llarini yopish ishlari bajarilib, 1084-1081 metr intervallar oralig‘ida perforatsiya ishlari o‘tkazilgandan so‘ng, quduqni o‘zlashtirish natijasida sanoat miqyosida kunlik 70 ming kub metr gaz qazib olinishiga erishildi.

Ma’lumot uchun: «Kalta-kir» gaz koni Buxoro viloyatining Jondor tumanida joylashgan bo‘lib, 2006-yilda ishlatishga tushirilgan, deya xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech