04 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,3 °C

Transport
22 May  2020 468

Avtomobillarimiz Belarus bozorida

Belarusda Chevrolet brendi ostida Uzauto Motors avtomobillari savdosi boshlandi.

UzAuto Motors kompaniyasi Belarus, Qozogʻiston va Rossiya bozorlarida Chevrolet brendi ostida avtomobillar sotishni boshlab yuborgan, deb xabar beradi “Oʻzavtosanoat” AJ matbuot xizmati.

Belarus Respublikasi avtomobil bozorida Chevrolet brendi ostida taqdim etilgan ilk modellar Spark, Nexia va Cobalt modellari boʻldi.

Avtomobillarning birinchi partiyasi Chevrolet brendining premial avtomobillari rasmiy dileri sanaladigan “Multimotors” avtomarkaziga yetkazib berildi.

UzAuto Motorsning Belarusdagi sherigi va ommaviy segmentdagi Chevrolet avtomobillarining rasmiy dileri “Multimotors” kompaniyasi qayd etishicha, ushbu avtomobillarning asosiy afzalligi narx va sifatning ajoyib mutanosibligi, jumladan komplektatsiyasidir.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech