25 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,6 °C

Mamlakatimizda
29 Yanvar  2019 1554

Aprelda O‘zbekistonda II xalqaro aeronavtika festivali bo‘lib o‘tadi

Shveytsariya, Fransiya va Germaniyadan tashrif buyurgan 24 sportchi 15 dan 30-aprelga qadar o‘tkaziladigan «Havo sharlarida Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab» xalqaro festivalida ishtirok etadilar. O‘zbekiston aeronavtika federatsiyasi tahririyatga rossiyalik sportchilarning ishtiroki borasida ham kelishuvlar olib borilayotganini ma'lum qildi.

Endi Surxondaryo viloyati, Qo‘qon, Xiva, Buxoro, Samarqand va Shahrisabz shaharlari aholisi yana moviy osmonda jasur pilotlar boshqarayotgan uchar apparatlarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Havo sharlari yana yo‘l-yo‘lakay ikki, «Boysun bahori» festivali va Shahrisabzda o‘tkaziladigan «Darvishona» xalqaro festivallarida ham ishtirok etadi.

Xalqaro aeronavtlar guruhiga O‘zbekiston uchar apparati ekipaji, pilot Tohir Soliev va shturman Murod Solixo‘jaevlar ham qo‘shiladi. Bugun ekipaj oldida Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Davavianazorat)dan bort raqami olish masalasi turibdi.

Aeronavtika federatsiyasida aytishlaricha, festival O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qo‘llab-quvvatlovida bo‘lib o‘tadi.

Sanjar Yoqubov.

 O‘zbekiston aeronavtika federatsiyasi olgan surat

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech