21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21 °C

Dolzarb
29 Iyul  2019 659

Kuchli jala quyishi oqibatida Pekin aeroportida 131 ta reys qoldirildi

Pekindagi Shoudu xalqaro aeroportida kuchli jala quyishi oqibatida dushanba kuni 131 ta aviareys qoldirildi. Mazkur parvozlarning aksariyat qismi Xitoy poytaxtiga uchib keluvchi aviareyslardir.

Yakshanba kuni kechqurun Pekinda kuchli jala quya boshladi, deya xabar tarqatadi RATA-TASS. Meteorologiya xizmatining ma'lumot berishicha, jala quyishi dushanba kuni soat 20:00 ga qadar davom etishi mumkin. Kuchli momaqaldiroqlar kuzatilishi ham kutilmoqda.

Qoldirilgan reyslar soni yana kattalashishi mumkin. Gap shundaki, dushanba kuni Shoudu aeroportida jami kutib olinadigan va uchiriladigan aviareyslar soni 1796 ekani aytilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech