20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34 °C

Mamlakatimizda
6 Fevral  2019 1878

Yurtimizda 2022-yilda aholi ro‘yxatga olinadi

Bu haqda Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.

Unga ko‘ra:

O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasi,  ro‘yxatga olishni o‘tkazishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi shakllantirildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalar tashkil etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech