17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Ijtimoiy hayot
7 Iyun  2019 517

Uzun tumanida barcha imkoniyatlarga ega bo‘ladigan “Iste’molchi kutubxona”si qurilmoqda

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarish borasida hududiy hokimliklar bilan hamkorlikda qator ishlar qilinmoqda.

Jumladan, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, aholida iste'molchilik madaniyatini shakllantirish, ularga o‘z huquq va majburiyatlari bo‘yicha tushunchalar berish maqsadida federatsiya va Surxondaryo hokimligi bilan hamkorlikda Uzun tumanida “Iste'molchi kutubxona”si qurilish ishlari boshlandi.

Bu bo‘yicha federatsiya raisi J. Sarimsaqov va Uzun tumani hokimi Y. Xidirov kutubxona qurilish ishlari bilan tanishdi.

Loyiha doirasida tashkil etilayotgan kutubxona va kitob savdosi do‘konlarida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va iste'molchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar, siyosiy-iqtisodiy qo‘llanmalar, ma'rifiy, badiiy, ilmiy-ommabop kitoblar, respublikada nashr qilinadigan gazeta va jurnallar joy oladi.

Shuningdek, zamonaviy Book cafe va bepul Wi-Fi tizimi hamda internet orqali zarur adabiyotlarni topish va xarid qilish imkonini beruvchi eReader elektron o‘quv qurilmalari bilan ta'minlanishi rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech