07 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,5 °C

Energetika
3 Aprel  2020 440

Uzluksiz xomashyo ta’minoti ta’minlandi

«Shimoliy Nishon» siquv kompressor stansiyasida sutkasiga 2 million kubometrga yaqin tabiiy gaz qazib olinadi. 

Ushbu siquv kompressor stansiyasining asosiy vazifasi konlardan tabiiy gazning samarali qazib olinishiga erishish, shuningdek quduqlardan kelayotgan tabiiy gazning bosimini oshirib «Sho‘rtan» bosh inshootiga qayta ishlash uchun yuborishdan iboratdir. Bugun u yerdagi gaz xaydash agregatlari to‘liq ta’mirlandi. Bu bilan gaz qazib olish hajmining uzluksizligi ta'minlanishiga erishildi.

Ushbu agregatlarning bittasi to‘xtab qolishi qazib olinadigan xomashyo hajmining keskin qisqarishiga olib kelishi mumkin edi. Shuni hisobga olib, bir qator gaz haydash agregatlarida reglament va ta'mirlash ishlarini navbatma-navbat tezkor ravishda o‘tkazishga to‘g‘ri keldi.

Gazoturbinali dvigatelning havo, yoqilg‘i va moy filtrlari esa to‘liq almashtirilib, dvigatel va kompressorning barcha asosiy va yordamchi uskunalari to‘liq tekshirildi. 

Ma’lumot uchun: «Shimoliy Nishon» siquv kompressor stansiyasi Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani hududida joylashgan bo‘lib, yiliga 2 milliard kub/metr tabiiy gazni haydab berish quvvatiga ega. Stansiyada 2016-yilda Ukraina davlatining «Sumskoe NPO» AJ zavodida ishlab chiqarilgan gaz haydash agregatlari o‘rnatilib ishga tushirilgan, deb xabar beradi «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech