07 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,5 °C

Energetika
1 Aprel  2020 638

Sifatli dizel yonilg‘isi kashf etildi

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida yangi turdagi sifatli neft mahsulotlari ishlab chiqarila boshlandi.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilayotgan neft mahsulotlari (avtobenzin va dizel yonilg‘isi) sifati «Yevro-2» standarti talablariga mos kelib, uning sifatini jahon standartlariga moslash maqsadida, hozirda ishlatilayotgan katalizator va seolit almashtirildi.

Fransiyaning «Axens» kompaniyasi mutaxassislari karantin sababli gazoylni gidrotozalash qurilmasi katalizatorini almashtirishda ishtirok eta olishmadi. Zavod va kompaniya mutaxassislari onlayn aloqada bo‘lishdi hamda «Axens» kompaniyasining sxemasiga binoan jamiyat mutaxassislarining o‘z kuchi bilan reaktorga yangi katalitik tizim o‘rnatildi.

Natijada 2020-yil 30-martida O‘zbekiston tarixida ilk bora Yevro-4 va Yevro-5 sinfli ekologik toza hamda sifatli dizel yonilg‘isining ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.

Laboratoriya tahlillariga ko‘ra, olingan dizel yonilg‘isida oltingugurt birikmalari miqdori 3 ppm bo‘lib, bu ko‘rsatgich Yevro-5 sinfiga mos dizel yonilg‘isiga to‘g‘ri keladi (10 ppm dan ko‘p emas). Mazkur qurilma mavjud texnologik sxemada yiliga 100 ming tonnagacha Yevro-5 standartidagi dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

«Yevro-4» va «Yevro-5» yoqilg‘isi dvigatel ishlash jarayonini yaxshilash, yemirilishni kamaytirish, zararli chiqindi gazlar mikdorini keskin kamaytirish va silindrlar ishlash davrini uzaytirish kabi afzalliklarga ega, deb xabar beradi «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech