13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,9 °C

Ijtimoiy hayot
31 Oktyabr  2019 542

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Sharg‘unko‘mir”ni himoya qildi

Prezidentimizning tegishli qaroriga ko‘ra 2017-yilda “Sharg‘unko‘mir”AJ “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga berilgan. Shu kunlarda bir qator elektron ommaviy axborot vositalarida mazkur korxona faoliyatini qoralovchi, xususan, korxona xodimlariga nisbatan taziq va bosim qilinayotganligiga oid xabarlar tarqaldi.

Ushbu xabarlarning birlamchi manbai Ozodlik.org. internet nashridir. Ta'kidlash joiz, 2015-yildan buyon mazkur korxonada mehnat qilgan S.R. Safarov (Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan) xodimlar orasida turli xil tartibsizliklarning asosiy sababchisi hisoblanib, noqonuniy, oldindan (keyinchalik ma'lum bo‘lgan) rejalashtirilgan ish tashlashda, elektron ommaviy axborot vositalarida keng tarqalgan videoyozuvlarida u bir necha bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Ozodlik”ga murojaat qilgan va “Mana, hurmatli Ozodlik radiosi, ko‘ringlar!” deya gapirgan.  

Bu safar, buzg‘unchi g‘oya bilan yana xuddi shu internet manbaga murojaat qilish oraqli chiqish qilib, u va uning oila a'zolariga “Sharg‘unko‘mir”AJ rahbariyati tomonidan bosim o‘tkazilayotgani haqida yolg‘on ma'lumotlarni tarqatgan. Shuni ta'kidlash kerakki, Safarov S. R., uning noqonuniy xatti-harakatlari va turli asossiz gaplar tufayli bir necha bor ma'muriy jazoga tortilgan. Bugungi kunda u mazkur ko‘mir korxonasida faoliyati yuritmaydi. 

Ma'lumki, Sharg‘un respublikamizdagi eng yirik ko‘mir zaxirasi hisoblanadi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, uning hajmi 33 million tonnadan ortiq xom-ashyo hisoblanadi. Bu yerda bugun qariyib 500 kishi mehnat qilmoqda. Ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida joriy yilning o‘zida korxonada bir qator joriy va kapital ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.

Annaeva Salomat, “Sharg‘unko‘mir” AJning kon-kon ishlari bo‘yicha yetakchi muhandisi”:

– Korxonamizda ish haqi o‘rtacha hisobda 60% ga oshdi. Oylik maoshi o‘z vaqtida beriladi. Bundan tashqari, biz kabi zararli ishlab chiqarishda ishlovchi xodimlari uchun muntazam sut mahsulotlari beriladi. Yuvinish xonasi, ovqatlanish (oshxona) xonasi ta'mirlandi. Ko‘mir sanoati ishchilari uchun chindan ham yaxshi sharoitlar yaratilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Shuningdek, “Obod shahar” dasturini amalga oshirish doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ ham shaharni obodonlashtirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Ma'lumki, joriy yilning 30-aprel va 1-may kunlari Prezidentimizning Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumaniga tashrifi chog‘ida Sharg‘un shahri qiyofasini tubdan o‘zgartirish va mahalliy aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar bergan edi. Shahar markazida barpo etilgan va obod qilingan Ko‘mirchilar xiyoboni temiryo‘lchilardan konchilarga munosib sovg‘a bo‘ldi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech