05 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -2,2 °C

Xalqaro hamkorlik
16 Iyul  2020 780

Vatandoshlarimiz Rossiyaning Samara va Orenburg viloyatlaridan qaytarilmoqda

Bugun 2020-yil 16-iyul kuni, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya – Qozogʻiston davlat chegarasidan oʻtkazish masalasi boʻyicha Rossiya tomoni bilan kelishuvga binoan, Oʻzbekistonning uchta yoʻlovchi poyezdi Toshkent tomon yoʻl oldi.

1 404 yoʻlovchi boʻlgan ikkita poyezd Kinel, yana bir poyezd esa 702 yoʻlovchi bilan Buzuluq stansiyalaridan harakatlandi. Yoʻl davomida yoʻlovchi poyezdlar faqat texnik koʻrik uchun toʻxtatiladi.

Chiptalar faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun sotildi. Buzuluk – Toshkent yoʻnalishidagi chiptalar narxi 1 200 000 soʻm (8500 rubl), Kinel – Toshkent – 1 450 000 soʻm (10 100 rubl)ni tashkil etdi.

Poyezdlar Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi xodimlari kuzatuvi ostida olib kelinadi.

Mazkur poyezdlarda kelayotgan yoʻlovchilarning qarindosh va yaqinlari ularni kutib olaman deb sarson boʻlmasin! Chunki ushbu reyslarning barcha yoʻlovchilari poyezdlardan tushishlari bilanoq Namangan va Toshkent viloyatlarining karantin zonalariga yuboriladi.

Eslatib oʻtamiz, koʻrilayotgan karantin choralari sababli, MDHning qator davlatlarida mamlakatga kirish-chiqishga cheklovlar Oʻzbekistonda ham joriy etilgan va ular Oʻzbekiston Respublikasi maxsus komissiyasining tegishli qarori bilan bekor qilinmagunicha amaldagi kuchga ega, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech