03 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,6 °C

Xalqaro hamkorlik
1 Iyul  2020 189

Oʻzbekiston SHHTga aʼzo davlatlarining hamkorlikdagi harbiy oʻquvlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi Bitimga qoʻshimcha kiritish haqidagi Bayonnomani ratifikatsiya qildi

2020-yil 30-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2007-yil 27-iyundagi Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasida hamkorlikdagi harbiy oʻquvlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi Bitimga qoʻshimchalar kiritish haqidagi Bayonnomani (Bishkek, 2019-yil 29-aprel) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi OʻRQ–624–sonli Qonun imzolandi.

Qonun SHHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida harbiy-texnikaviy sohadagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish, tomonlarning harbiy xavfsizligini taʼminlash, oʻz Qurolli Kuchlarining harbiy salohiyatini mustahkamlash, harbiy kadrlar tayyorlash, harbiy-texnik hamkorlik boʻyicha qoʻshma tadbirlarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qiladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech