22 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,9 °C

Madaniyat
20 Yanvar  2020 806

O‘zbekiston AQShdagi «Winternational» fesivalida

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi har yili o‘tkaziladigan «Winternational» madaniy-sayyohlik festivalida ishtirok etdi.

Dunyoning turli mamlakatlarining madaniyati, an'analari va sayyohlik salohiyatini ilgari surishga bag‘ishlangan tadbirda 4 000 nafardan oshiq kishi ishtirok etdi. Unda Vashingtondagi o‘z vakolatiga ega bo‘lgan 60 dan ziyod diplomatik missiyalar o‘z eksponatlarini namoyish qildilar.

O‘zbekistonning diplomatik missiyasi festivalda milliy san'at, hunarmandchilik va rassomchilik eksponatlarini, shuningdek an'anaviy o‘zbek oshxonasi namunalarini taqdim qildi.

Tadbir qatnashchilari orasida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati, chet ellik investorlar va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqidagi axborot-ma'lumot tarqatuvchi materaillar keng tarqatildi. Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosini namoyish etuvchi qisqa metrajli videotasvirlar taqdim etildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech