20 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,1 °C

Salomatlik
5 Aprel  2019 1645

O‘zbekiston bezgakdan holi davlat sifatida tan olindi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lian Kuppens Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanovga JSSTning bezgak kasalligini eliminatsiya qilgan davlat maqomini tasdiqlovchi sertifikatini taqdim etdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

 

Tadbir davomida L.Kuppens xonim O‘zbekiston  so‘nggi yillarda hududni  bezgakdan holi qilish borasida katta qadam tashlaganini qayd etib, buni ulkan va tarixiy yutuq sifatida e'tirof etdi.

 Bu natijaga erishish uchun mamlakatimizda shifokor, sanitariya va epidemiologiya tizimi mutaxassislari tomonidan  bezgakka  qarshi kurashish bilan bog‘liq keng ko‘lamli ish olib borildi. Maqsadli tadbirlar o‘tkazilishi natijasida yurtimizda so‘ngi yillarda  bezgakning mahalliy qayd etilishi umuman  kuzatilmagan.

Tabiiyki, bezgak eliminatsiyasi bo‘yicha halqaro  sertifat olgan har bir davlat erishilgan natijani saqlab qolish uchun barcha kompleks chora  tadbirlarni davom ettirish majburiyatini oladi.  Mamlakatimizda ham Sog‘liqni saqlash vazirligi 2017-yilda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida 2017 – 2021 yillarda bezgakning qayta tiklanishini oldini olish bo‘yicha milliy strategiya asosida boshqa vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ish olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti  2017-yilda O‘zbekistonda  qizamiq va qizilcha kasalligi  eliminatsiya qilinganini xalqaro miqyosda e'tirof etgan bo‘lsa, endilikda esa yurtimizni bezgakning mahalliy qayd etilishidan holi hudud sifatida tan oldi.

Aholi salomatligi mamlakatimizning asosiy boyligidir. Shuning uchun yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada  yaxshilashga katta e'tibor berilayotir. Shu maqsadda  O‘zbekistonda yuqumli kasalliklarning respublika hududiga kirmasligini ta'minlash borasida faol epidemiologik kuzatuv o‘rnatilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech