13 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

investitsiyalar
22 Iyul  2020 507

Malayziya yurtimizda “yashil texnologiyani” joriy etmoqchi

Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi elchixonasi, Energetika, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Buxoro va Xorazm viloyati hokimligi vakillari ishtirokida Malayziyaning “Brisa International” kompaniyasi direktori Kevin Xarmon bilan onlayn muzokaralar oʻtkazildi.

Onlayn uchrashuvda Buxoro va Xorazm viloyatlarida “Brisa International” kompaniyasi ilgʻor texnologiyalari, zamonaviy uskuna va nostandart yechimlarini jalb qilgan holda maishiy chiqindilarni qayta ishlash asosida elektr energiyasi ishlab chiqarish investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Malayziya tomoni qayta tiklanadigan manbalardan elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun joriy etilgan “yashil texnologiya” boʻyicha texnik koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi investitsiya loyihasining taqdimotini oʻtkazdi.

Videokonferensiya yakunida loyihani amalga oshirish boʻyicha biznes-reja tuzish va tegishli maʼlumotlarni almashishga kelishildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech