22 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,5 °C

Ta'lim
24 Yanvar  2020 2309

O‘zbekiston va Belarus: endi har ikkala mamlakat diplomlarini olish mumkin

O‘zbekiston va Belarus Respublikasi hukumati o‘rtasida ta’limga oid hujjatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risida bitim tasdiqlandi. 

2019-yil 1-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Belarus Respublikasiga tashrifi davomida Minsk shahrida ta’lim va o‘qishga oid hujjatlarni o‘zaro tan olish bo‘yicha bitim imzolangan edi.

2020-yil 22-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Ushbu hujjatga muvofiq, mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan vakolatli organ etib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi belgilandi.

Hujjatlar akkreditatsiyalangan ta'lim muassasalari yoki ilmiy tashkilotlar tomonidan berilgan bo‘lishi lozim.

Ikki davlatda ham berilgan umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomalar o‘zaro tan olinadi hamda hujjat o‘z egalariga umumiy o‘rta ta’limning keyingi bosqichida 10-11-sinfda yoki o‘rta maxsus, kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha davom ettirish huquqini beradi.

Belarus Respublikasida berilgan umumiy o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi attestat, umumiy o‘rta ma’lumot bilan birga kasb-texnika ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom va O‘zbekiston Respublikasida berilgan umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi attestat, o‘rta maxsus, kasbiy ta’lim to‘g‘risidagi diplom o‘z egalariga ta’limni oliy ta’limning bakalavriatida davom ettirish huquqini beruvchi ta’limga oid hujjat sifatida o‘zaro tan olinadi.

Ikki tomonda berilgan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi bakalavr diplomi, o‘z egalariga o‘qishni magistratura ta’lim dasturi bo‘yicha davom ettirish huquqini beruvchi ta’limga oid hujjat sifatida o‘zaro tan olinadi. O‘z o‘rnida ikki tomonda ham berilgan magistr diplomlari oliy ta’limdan keyingi tayanch doktorantura dasturlari bo‘yicha o‘qishni davom ettirish huquqini beruvchi ta’limga oid hujjat sifatida o‘zaro tan olinadi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining ma’lum kurslaridan ikki davlat o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish yoki qo‘shma dasturlar asosida 2 yil O‘zbekistonda, keyingi 2 yilini Belarus Respublikasida o‘qish va bitirgach ikki davlatning ham diplomlarni olish imkoniyatlarni beradi.

Kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun esa O‘zbekiston Respublikasida ham Belarus Respublikasida ham amaldagi qonunchilik doirasida sinov orqali yoki belgilangan imtiyozlarga ega bo‘lingan holatlarda maxsus sinovlarsiz amalga oshiriladi.

Ikki davlat vakolatli organlari orqali Bitimning qoidalarini amalga oshirish yuzasidan o‘zaro maslahatlar o‘tkazish, o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor etish, shuningdek, ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarning nomlari va namunalarini o‘zaro ayirboshlash majburiyatini oladilar.

Ushbu bitimning tasdiqlanishi har ikkala davlatda ham tahsil olayotgan va olmoqchi bo‘lgan, shuningdek o‘qish va izlanishni maqsad qilgan yoshlar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech