19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +42,4 °C

Xalqaro munosabatlar
18 Dekabr  2018 1148

O‘zbekiston-Avstriya: muzokaralar qayta tiklandi

2018-yilning 17-dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Avstriya vazirliklararo maslahatlashuvlarining oltinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 2019-yilda qo‘shma biznes-forum o‘tkazish, oxirgi majlisi 5 yil oldin o‘tkazilgan Hukumatlararo komissiya faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi, deya xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Uchrashuvda vazir o‘rinbosari Dilshod Axatov va Avstriya Respublikasining Yevropa, integratsiya va tashqi ishlar masalalari bo‘yicha Federal vazirligining siyosiy direktori Aleksandr Marshik, shuningdek, Avstriyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Alois Kraut boshchiligidagi ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirok etdi.

Tomonlar ikkitomonlama munosabatlar holati va istiqbolini aniqlab olishdi hamda hududiy va xalqaro masalalar bo‘yicha pozitsiyalarini solishtirib ko‘rdilar. Tashqi siyosiy hamkorlikni mustahkamlash kelgusida o‘zaro manfaatli rivojlanishga real shart-sharoit yaratishi ta’kidlandi.

2018-yilning 9 oyi mobaynida tovar aylanmasi 71 million AQSh dollaridan oshdi va bu o‘tgan yildagiga qaraganda uchdan bir qismga ko‘proqni tashkil etgani qayd etildi. O‘zbekistonda Avstriya ishbilarmon doiralari ishtirokida muhim investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Ushbu mamlakatning bir qator mutaxassislari O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Savdo-sanoat palatasiga maslahatchi sifatida ishga qabul qilingan.

O‘z axborotimiz

O‘zR TIV matbuot xizmati surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech