07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20 °C

Transport
23 Mart  2020 629

«Uzbekistan Airways»ning xalqaro reyslarni tashkil etilishi 3kunga kechiktiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan barcha diplomatik vakolatxonalar diqqatiga.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining chet el fuqarolarini O‘zbekistondan olib chiqish uchun charter reyslarini tashkil etish to‘g‘risida ilgari e'lon qilingan qaroriga qo‘shimcha ravishda, Tashqi ishlar vazirligi quyidagini ma'lum qiladi.

Hozirgi epidemiologik vaziyat sharoitida, xususan, «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi ekipaji noqulay epidemiologik holatdagi mamlakatlardan qaytganidan so‘ng karantinda bo‘lishi sababli, reyslarni tashkil qilish 3 kunga qoldirildi. Reyslarning aniq vaqti haqidagi ma’lumotlar rasmiy kanallar orqali o‘z vaqtida e’lon qilinadi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech