06 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,2 °C

Transport
1 Iyun  2020 330

“Uzbekistan Airways” yana bir tanlov gʻolibi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining biznes klass yoʻlovchilari uchun moʻljallangan yoʻl toʻplamlari ikkita xalqaro tanlovda eng yaxshi deb eʼtirof etildi.

“Uzbekistan Airways” nufuzli 2020PAX International Readership Awards mukofotini qoʻlga kiritdi, ushbu mukofot butun dunyo aviakompaniyalari oʻrtasida yoʻlovchilarga eng qulay sharoitlarni taʼminlaganligi uchun taqdim etiladi. Aviakompaniya “MDH mamlakatlari ichida biznes klass yoʻlovchilariga eng yaxshi toʻplam” nominatsiyasi boʻyicha ushbu mukofotga sazovor boʻldi.

Mukofot Kanadaning transport sohasida keytering va qulaylik yaratish masalalariga bagʻishlangan “PAX International” jurnali tomonidan taʼsis etilgan boʻlib, jurnal oʻquvchilari va hayʼat aʼzolarining bergan ovozlari asosida topshiriladi. “Uzbekistan Airways” ushbu nufuzli mukofotga ikki yil ketma-ket sazovor boʻlmoqda.

Tashkilotchilar saytida taʼkidlanganidek, “Uzbekistan Airways” yoʻl toʻplamlari − bu erkaklar uchun sipo qora va ayollar uchun yorqin qizil rangli ixcham kosmetik sumkalardan iborat boʻlib, barcha detallariga katta eʼtibor qaratilgan holda ishlab chiqilgan va parvoz paytida yoʻlovchilar uchun zarur boʻlgan barcha narsalarni oʻz ichiga oladi”.

“Uzbekistan Airways” 2019-yil yakunlari boʻyicha “Travel Plus Awards” tanlovida ham oʻzining yetakchilik mavqeini yana bir bor tasdiqlab, “Osiyo—Avstraliya mintaqasidagi eng yaxshi biznes-klass toʻplami” nominatsiyasida gʻolib boʻldi.

“Travel Plus Awards” — ushbu soha tarixidagi ilk mukofotlardan biri boʻlib, u Angliyada tashkil etilgan va eng yaxshi yoʻl toʻplamlari uchun beriladi. Qarorni nafaqat ekspertlardan, balki yoʻlovchilar fikrini hisobga oladigan maxsus guruhdan tashkil topgan mustaqil hakamlar hayʼati qabul qiladi.

“PAX International Readership Awards” va “Travel Plus Awards” mukofotlari bilan taqdirlash marosimi odatda har yili bahorda Gamburgda boʻlib oʻtadigan World Travel and Catering EXPO koʻrgazmasi doirasida tashkil etiladi. Bu yil esa, epidemiologiya vaziyati tufayli PAX International barcha nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar roʻyxatini oʻzining saytida eʼlon qildi. “Travel Plus Awards” taqdirlash marosimi esa onlayn boʻlib oʻtdi. deb xabar beradi “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech