14 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -0,4 °C

Sport
11 Fevral  2019 1540

“Uzbek Tigers” jamoasi tarqatib yuborildi

Butunjahon boks seriyalari WSB musobaqalarida ishtirok etib kelgan O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi mavsumda O‘zbekiston boks federatsiyasi WSB musobaqalarida ishtirok etuvchi jamoani moliyalashtirishni to‘xtatishga qaror qilgan. Bunda havaskor boks bo‘yicha terma jamoaning boshqa musobaqalarda ishtirok etishi sabab sifatida ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil boshida ham “Uzbek Tigers” jamoasining tugatilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq keyinchalik bu xabarlar inkor etilgan va jamoa musobaqada ishtirok etgandi.

Ma’lumot uchun, “Uzbek Tigers” jamoasi 2016-yildan buyon WSB musobaqalarida ishtirok etib keladi. Jamoa birinchi mavsumdagi ishtirokidayoq musobaqaning yarim finaliga qadar yetib borgan va bronza medallari bilan taqdirlangandi. 2017-yilgi mavsumda jamoa chorak finalga qadar yetib borgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech