16 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,8 °C

Transport
9 Avgust  2019 933

UZAUTO MOTORS bayramona aksiya e'lon qildi

UZAUTO MOTORS kompaniyasi Asaka bank bilan birgalikda jismoniy shaxslarga avtomobilni kreditga xarid qilish bo‘yicha Mustaqillik hamda Qurbon Hayiti ayyomlari munosabati bilan bayramona aksiya e'lon qiladi, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.

2019-yilning 9-avgustidan e'tiboran siz o‘zingiz uchun 2 yilgacha bo‘lgan muddatga eng maqbul kredit shartlarda avtomobil xarid qilishingiz mumkin.
Aksiya shartlariga ko‘ra, UzAuto Motors kompaniyasi Asaka bank bilan birgalikda Lacetti 1 poz. hamda GBO, Malibu va Tracker avtomobillarini dastlabki 50% to‘lov evaziga yillik 5% ustama bilan xarid qilishni taklif qilmoqda.
Aksiya amal qilish muddati – 2019-yilning 9-dan 31-avgustiga qadar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech