05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,1 °C

Sanoat
28 Mart  2020 2884

UzAuto Motors avtomobillari Qozog‘istonda ham ishlab chiqariladi

UzAuto Motors avtomobillarining Chevrolet brendi ostida Qozog‘istonning «SariarkaAvtoProm» mas'uliyati cheklangan shirkatida ishlab chiqarilishiga start berildi.

Fikrimiz dalilini Qozog‘istonning Qo‘stanay shahrida Chevrolet brendi ostida UzAuto Motors avtomobillarini SKD yig‘ish boshlanganida ko‘rish mumkin. Endi u yerda Cobalt, Damas, Labo hamda Malibu avtomobillarining yangi modellari ishlab chiqariladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Mamin masofadan turib video-ko‘prik orqali konveyerni ishga tushirish tantanali marosimida qatnashdi.

Ta'kidlanishicha, barcha mahsulotlar General Motors kompaniyasi tomonidan belgilangan jahon standartlari asosida ishlab chiqariladi. Qayd etish joizki, Qozog‘istonda eng mashhur sanalgan Ravon «Nexia R3» avtomobili ham endilikda Chevrolet brendi ostida chiqadi. Ushbu yo‘nalishdagi keyingi qadamda Chevrolet modellar qatori yangi istiqbolli Tracker va TrailBlazer va boshqa avtomobillar bilan to‘ldiriladi.

Dastlabki bosqichda yiliga 26 ming, kelgusida esa 100 ming dona avtomobil ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ishlab chiqarishning dastlabki yilida 13 ming avtomobilni Qozog‘iston orqali yaqin xorij davlatlarga eksport qilish rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha 2020-yil 25-26-fevral kunlari Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Qozog‘iston hududlararo hamkorlik forumi doirasida «Allur Group» kompaniyalar guruhi hamda «O‘zavtosanoat» AJ o‘rtasida imzolangan qo‘shma qaror doirasida amalga oshirilmoqda. Avvalroq, 2017-yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qozog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida «SariarkaAvtoProm» MChSh ishlab chiqarish quvvatlarida avtomobillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. Ushbu davr mobaynida ichki va tashqi bozorlarga mo‘ljallangan 11 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech