19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,3 °C

Xavfsizlik
9 Fevral  2019 1541

Uyida nasha o‘stirayotgan shaxs qo‘lga tushdi

Giyohvandlikka qarshi kurashish va bu illatning zararli oqibatlarini bartaraf etish maqsadida barcha huquqni muhofaza qilish organlari singari bojxona tizimida ham tizimli chora-tadbirlar  amalga oshirilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ana shunday moddalarni saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi

Bekobod shahar IIB bilan hamkorlikda  O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi X.Sh ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda uyda va uning egnidagi shimining cho‘ntagidan sof vazni 15,5 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi. Shuningdek, ushbu shaxs xonadonidagi 2 dona yog‘och tuvaklarda 20 tup “nasha” (kannabis) giyohvandlik o‘simligini yetishtirayotganligi ham fosh etildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech