20 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Xavfsizlik
13 Sentyabr  2019 330

Yashnobod tumanida uyida 8 tup giyohvand o‘simligi yetishtirayotgan shaxs aniqlandi

10-sentyabr kuni Yashnobod tumanida olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida 52 yoshli Dilshod M.ning uyidan 8 tup giyohvand o‘simligi – hind konoplyasi o‘stirayotganligi aniqlandi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi (“Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Toshkent shahar IIBB giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni tayyorlash, xarid qilish, saqlash va shunga o‘xshash boshqa harakatlar bilan bog‘liq bo‘dgan jinoyatlar uchun jiddiy jazolar ko‘zda tutilgani bilan ogohlantiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech