16 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36,4 °C

Xavfsizlik
26 Aprel  2019 869

Uy olib berish va’dasi bilan pul olgan firibgarlar ushlandi

2019-yil 25-aprel kuni Toshkent shahar Sergeli tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, Sputnik dahasida yashovchi, “Bama Biznes” korxonasi rahbari X.E. va Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi J.X.lar qo‘lga olingan.

Gap shundaki, bu ikki shaxs 2018-yil oktyabr oyida Yashnobod tumanida yashovchi L.H. ismli ayolga “Bama Biznes” MChJ tomonidan qurilayotgan yangi uylardan uch xonalisini olib berishni va’da qilib, aldov yo‘li bilan ayoldan Sergeli dahasi hududida 12000 AQSh dollarini olishgan va shu kunga qadar va'dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.E. va J.X.lar ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech