09 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,8 °C

Ta'lim
14 Iyun  2020 2015

OTMlarga qabul parametrlari tasdiqlandi

2020-yil 12-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4749-sonli “2020/2021 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020/2021 oʻquv yilida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilishda:

- abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish joriy yilning 20-iyunidan 20-iyuliga qadar (20-iyul kuni ham) boʻlgan muddatda amalga oshiriladi;

- kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fandan oʻtkaziladi;

- abituriyentlar fanlar majmuasi hamda ketma-ketligi bir xil boʻlgan 5 tagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etishi mumkin.

2020/2021 oʻquv yili qabulidan boshlab:

- Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlariga nisbatan qoʻshimcha toʻrt foizli davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari ajratiladi;

- magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish, shuningdek, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Qarorga muvofiq, davlat buyurtmasi parametrlari:

- bakalavrlar tayyorlash boʻyicha:

- kunduzgi taʼlim shakliga – 103 575 nafar;

- sirtqi taʼlim shakliga – 31 350 nafar;

- kechki taʼlim shakliga – 5 025 nafar etib;

- magistrlar tayyorlash boʻyicha – 10 425 nafar etib tasdiqlandi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech