03 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,4 °C

Mamlakatimizda
2 Mart  2020 5466

Bola huquqlari ishonchli himoyada

Oliy Majlisi Senati tomonidan bola huquqlarini mustahkamlovchi qonun ma’qullandi.

2019-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»  qaror qabul qilingan, ushbu qaror Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilinganligining 30 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan tadbirlarning tarkibiy qismiga aylandi.

Qarorda belgilangan maqsadlarga erishish uchun Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan «Bola huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Ushbu qonun Oila kodeksiga, Fuqarolik protsessual kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasining «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi.

Unga binoan, endi oilada har bir bola o‘z manfaatlariga ta'sir qiladigan biron-bir masalani hal qilishda o‘z fikrini bildirishga, shuningdek, har qanday sud yoki ma’muriy protsessda eshitishga haqli.

Ota-ona va bola alohida-alohida yashagan taqdirda, vasiylik va homiylik organlari, shuningdek o‘n to‘rt yoshga to‘lgan bola bir vaqtning o‘zida ota va onadan voyaga yetmagan bolalarning ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risida da'vo qo‘zg‘atishga huquqiga ega.

Shuningdek, agar bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilsa yoki ota-ona huquqlari suiiste’mol qilinsa, bola vasiylik va homiylik organiga, shuningdek boshqa davlat organlariga o‘z xuquqlarini himoya qilish bo‘yicha murojaat qilish huquqiga ega. Bola to‘liq huquqiy layoqat qila olmasligi sababli bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmasdan qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida» gi qonun yangi modda bilan to‘ldirilib, unga ko‘ra voyaga yetmaganlar o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish masalalari bo‘yicha murojaatlarni davlat organlari, tashkilotlar yoki ularning mansabdor shaxslariga mustaqil ravishda murojaat qilish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 25-fevralda «Bola huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinib, ko‘rib chiqish uchun Senatga yuborilgan, deb xabar beradi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech