18 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,3 °C

Mamlakatimizda
16 May  2019 1618

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik vafot etdi

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik 16-may kuni 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasidan ma'lum qilmoqda.

Yozuvchi 1946-yil 27-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining (O‘zMU) jurnalistika fakultetini tamomlagan (1969). O‘zbekiston xalq yozuvchisi (2000). O‘zbek fantastikasining asoschilaridan biri bo‘lgan.

Tohir Malikni so‘nggi manzilga kuzatish bugun asr namozidan keyinga belgilangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech