04 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,9 °C

Xalqaro hamkorlik
13 Mart  2020 538

USAID va O‘zbekiston silga qarshi birgalikda kurashada

O‘zbekistonda sil kasalligini yanada kamaytirish uchun maqsadli investitsiyalarni ta'minlashga qaratilgan yangi besh yillik dastur rasman ishga tushdi.

2020-yil 11-martda Toshkentda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamkorligida mazkur dasturni qabul qilishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda AQShning O‘zbekiston Rsepublikasidagi elchisi Daniel Rozenblyum va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) O‘zbekistondagi vakili d-r Lianna Kuppens ishtirok etdi.

Ko‘p sonli dorilarga chidamli sil (KDT-S) O‘zbekistonda jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligining axborotiga ko‘ra, 2019-yili mamlakatda sil bilan kasallanishning yangi holatlarining 8 foizi birinchi liniyaga oid ikkita eng kuchli silga qarshi preparatga chidamli bщlib chiqqan. USAID ning Silga barham berish bo‘yicha «Global Accelerator to End TB» dasturi doirasida AQSh hukumati O‘zbekistondagi silga qarshi kurash milliy dasturi amalga oshirayotgan chora-tadbirlarga ko‘maklashish uchun innovatsiyaviy va iqtisodiy samarali vositalarni qo‘llab-quvvatlamoqda. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda USAID O‘zbekistonga silga qarshi preparatlar va diagnostik uskunalar xarajatlarini kamaytirish, silga qarshi yuqori sifatli preparatlar mavjudligi va foydalanish imkoniyatini ta’minlash hamda KDT-Sni tashxislash va davolash sohasida JSSTning eng so‘nggi bayonnomalari va tavsiyalarini joriy qilishga yordam ko‘rsatish maqsadida to‘rtta yangi loyihani ishga tushirdi, deb xabar beradi AQSh elchixonasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech