13 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,2 °C

Mamlakatimizda
29 Yanvar  2019 2555

2018-yilda O‘zbekistonda ishsizlar darajasi 9,3 foizni tashkil etdi

2018-yilning oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. So‘rovnomada 66 ta shahar va mamlakatimiz tumanlaridan 330 ta fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, 3300 ta uy bekalari va 17 mingdan ziyod fuqarolar qatnashishgan.

To‘plangan ma’lumotlarga muvofiq, iqtisodiy faol aholiga nisbatan ishsizlar darajasi 9,3 foiz bo‘lib, o‘sish darajasi 2017-yil davriga nisbatan 3,5 foizni tashkil qilgan. Biroq, tadqiqotchilarning fikricha, mazkur ko‘rsatkich ishsizlar sonining o‘sishi bilan emas, balki ishga joylashish istagida bo‘lganlarni to‘la qamrab olishdagi hisob yuritish uslubining takomillashgani bilan bog‘liq.

Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida ishsizlik ko‘rsatkichi – 9,7 foiz, Toshkentda eng past ko‘rsatkich – 7,9 foiz, ishga joylashish istagida bo‘lgan fuqarolar esa 1 368,6 kishini tashkil qilgan.

Yoshlar orasida ishsizlik darajasi (30 yoshgacha) 15,1 foiz, 16–25 yosh atrofidagilar 17 foizdan ziyod, ayollar orasida 12,9 foizni qamragan.

Mehnat resurslari soni 18 835,6 ming kishi, shundan iqtisodiy faol aholi 14 641,6 ming, faol bo‘lmagani 4 193,9 ming kishidir.

Iqtisodiy sohada band bo‘lganlar soni 13 273,1 mingta bo‘lib, rasmiy sektorda 5 403 ming kishi faoliyat yuritadi. Shuningdek, bozorlarda mehnat yurituvchilar hamda (savdo-sotiq, sotuvchi va oluvchilarga xizmat ko‘rsatish, tikuvchilik tijorati) mazkur savdo maydonlaridan tashqarida ishlovchilar (chakana savdo joyi, belgilanmagan savdo nuqtalari) soni sezilarli darajada ortgan. Bir vaqtning o‘zida mavsumiy ishlovchilar (93,4 foiz), mamlakatimizdan tashqarida ishlash uchun chiqqanlar (91,9 foiz), dehqonchilik bilan band bo‘lganlar (96 foiz) ko‘rsatkichi sezilarli pastlagan.

Hisob yuritishning takomillashuvi norasmiy sektorda band bo‘lganlar – 7 870,1 ming (59,3 foizi umumiy band bo‘lgan aholidan) kishining ishonchli ko‘rsatkichini aniqlashga yordam berdi. Ulardan bir martalik va mavsumiy ishlarda band bo‘lganlar – 1 692,2 kishi, shuningdek, mamlakatimizdan tashqariga ishlashga chiqqanlar 2 384,8 kishidan iborat.

2018-yilda bandlikka ko‘maklashish markazlariga ishga joylashish maqsadida 626 480 kishi (shulardan 16–30 yoshdagilar 245 225 kishi) murojaat qilgan, ulardan 255 539 kishi ish bilan ta’minlangan, 355 869 kishi jamoat ishlariga jalb qilingan, 20 543 kishi mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlov kurslariga yuborilgan. Shuningdek, 14 477 kishiga ishsizlik nafaqasi tayinlangan, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligining Axborot xizmati.

 

Foto: kommersant.uz

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech