13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,9 °C

Xavfsizlik
31 Oktyabr  2019 364

Urgutda qalbaki kupyuralarni sotayotgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati, Urgut tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda tumandagi savdo kompleksi oldida qalbaki kupyuralar sotilayotganligi aniqlangan.

Natijada Urgut savdo kompleksi darvozasi oldida fuqaro F.B. jami 2300 AQSh dollari miqdordagi qalbaki kupyuralarni sotayotgan vaqtida ushlangan, deya ma'lum qiladi bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov o‘z telegram kanalida.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning tuman bo‘limi tomonidan JKning 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech