07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,2 °C

Transport
17 Dekabr  2019 911

Urgutda jamoat transporti uchun 60 ta yangi avtobus sotib olindi

Urgut tumani qishloqlaridan tuman markazi yoki boshqa shaharlarga borib-kelish uchun yo‘lovchilarga qulay sharoitlar yaratish, umuman tuman aholisining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondirish maqsadida Transport vazirligi tomonidan “Avtotrans Urgut” davlat unitar korxonasi tashkil etildi va ushbu korxonaga dekabr oy boshida 60 dona ISUZU rusumli avtobuslar sotib olindi, deb xabar qiladi vazirlik matbuot xizmati.

Urgut tumani Samarqand viloyatining aholisi eng ko‘p bo‘lgan tumanlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Biroq shu kunga qadar tumanda birorta ham yo‘nalishda avtobus qatnovi mavjud emas edi. Bu esa o‘z navbatida yo‘lovchilarning manzillariga yetib olishlarida qator muammolarni keltirib chiqarayotgan edi.

Yangi sotib olingan avtobuslar 17 ta yo‘nalishlarga 2020-yilning yanvar oyidan e'tiboran bosqichma- bosqich joylashtiriladi. Shundan, yangi tashkil etiladigan 5 ta yo‘nalish Urgut tumani markazini bevosita Samarqand shahri bilan bog‘laydi.

Bular:

“Urgut shahri – Siyob ABB”,

“Urgut ABB – Baxrin-Siyob ABB”,

“Urgut ABB – Dehqonobod- Siyob ABB”,

“Urgut ABB – Sovg‘on- Taroqli- Siyob ABB”,

“Jartepa – Siyob ABB” qolgan 12 ta yo‘nalish esa tuman ichki avtobus yo‘nalishlaridir. 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech