16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Voqea-hodisalar
30 Avgust  2019 940

«Dorian» to‘foni shtatlar tarixidagi eng kuchlisi bo‘lishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp Twitterda Florida shtatidagi bo‘ron eng qudratlilaridan biri bo‘lishi mumkinligini yozgan.

Mutaxassislarning fikricha, «Dorian» shtormi hafta oxiriga borib kuchayadi va yakshanba kuni 4-toifadagi to‘fonga aylanadi. U Markaziy hamda Janubiy Florida shtatining Atlantika qirg‘og‘iga tahdid soladi, deya xabar beradi AQShdagi To‘fonlar bo‘yicha milliy markaz ma'lumotiga tayangan Reuters agentligi. «Dorian» shamollarni 72 soat ichida soatiga 209 kilometr tezlikgacha haydaydi, deya xabar beradi Mayami shahridagi Bo‘ronlarni prognozlash markazi.

4-toifa – bo‘ronlar intensivligini o‘lchaydigan Saffir-Simpson shkalasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Prognozlash markazi 4-toifadagi bo‘ronlarni «infratuzilmaga halokatli zarar yetkazuvchi», shu jumladan, yaxshi qurilgan va mustahkamlangan uylarga ham jiddiy zarar yetkazishi mumkin, deya ta'riflaydi. «Ko‘pgina daraxtlarning sinishi yoki tag-tugi bilan qo‘porilib ketishi, elektr uzatish liniyalari esa shamol kuchi ta'sirida uzilishi mumkin», deyiladi xabarda.

Bundan sal oldinroq Tramp «Dorian»ning Karib dengizidagi Puerto-Rikoni chetlab o‘tib, o‘zining taxminiy yo‘nalishini o‘zgartirganini ta'kidlagandi.

REUTERS/NOAA surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech