17 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,4 °C

Kеyingi avlod
7 Fevral  2019 5073

YUNESKO onlayn-kurslar portalini ochadi

Poytaxtda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashkil etgan Ommaviy ochiq onlayn-kurslar (OOOK) portalining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyiha mamlakatimizda jurnalistikani rivojlantirishga qaratilgan.

Loyiha Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va Buyuk Britaniya tomonidan moliyalashtirilgan ikki dastur bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

Ushbu hodisa bizning mamlakatda yangilik bo‘lsa-da, OOOK dunyoda tobora ommalashib bormoqda. Hammasi kirish osonligi va o‘zgara oluvchanlikda – kursni dunyoning istalgan nuqtasida, istalgan kishi o‘ziga qulay vaqtni tanlab o‘tishi mumkin.

- Bu muhim ishda YUNESKO va O‘zbekiston mediatuzilmalari xodimlarini qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz, - deydi Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligining yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Allan. – Axborot taqdim etiladigan va tarqatiladigan muhitni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish lozim, negaki, u demokratik jamiyat rivojlanishining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatingiz tez va omadli o‘tgan davrda yangicha talablarni bajarishda kurslar yordam beradi.

Bunday tashabbusning zarurligi haqida o‘ylashga majbur etgan muammolardan biri tarmoqlarda o‘zbekzabon tinglovchilarga bilimlarni taqdim etuvchi resurslarning mavjud emasligi bo‘ldi. Portalga o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida kurslar ham joylashtiriladi. Spikerlar O‘zbekistonning manfaatdor universitetlari ham ilm berishga qaratilgan portalga o‘z ishlanmalari va kurslarini joylashtirishda ishtirok etishlari juda muhimligini ta’kidladilar.

Shunday qilib, OOOK saytiga hozircha faqat ikkita ochiq kurs joylashtirilgan. O‘zbekistonda mediasektor potensialini va OAVning roli haqida xabardorlikni oshirish uchun loyihalardan biri 2018-yilning iyun oyida ishga tushirilgan. Jurnalistlar xavfsizligi bo‘yicha ikkinchi loyiha o‘tgan yilning avgustida joylashtirildi. Bunda asosiy e'tibor «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida», «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlar ijrosi mexanizmlariga qaratilgan.

YUNESKO OOOK loyihasini rivojlantirish, ta'lim olishni yanada osonlashtirish, va bunga ilgari bunday bilimlar olishga imkoniyati bo‘lmaganlarni jalb etishni rejalashtirmoqda. Agar mazkur kurslar kelgusida rivojlanib ketsa, boshqa turli jabhalarga ham tatbiq etiladi.

Sabina Alimova.

Muzaffar Abdullayev surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech