23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,3 °C

Mamlakatimizda
21 May  2019 733

UMSga yer uchastkalari auksionsiz beriladi

Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi (2019 yil 18 may, PQ–4321). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq:

- “UZINFOCOM”ning  ustav kapitalidagi davlat ulushi kamida 51 foizga oshiriladi;

- keyinchalik “UZINFOCOM”dagi davlat ulushi “Universal Mobile System” (UMS) ustav kapitalini ko‘paytirish hisobiga o‘tkaziladi.

“Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot doirasidagi idoraviy axborot tizimlari, ma'lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha qarorlar ularni amalga oshirishning moliyaviy manbalarini aniq ko‘rsatgan holda qabul qilinadi.

UMS axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xaridlarning texnik topshiriqlarini faqat Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi bilan kelishgan holda amalga oshiradi.

Davlat organlariga “Elektron hukumat” tizimi doirasida o‘z ma'lumotlarini qayta ishlash markazlarini tashkil etish va qurish taqiqlanadi.

UMS o‘ziga yuklangan vazifalar doirasida 2022-yil 1-yanvargacha chetdan olib kiriladigan tovarlar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.

Telekommunikatsiya ob'ektlarini qurish uchun UMSga yer uchastkalari auksionsiz beriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech