16 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Sport
13 Iyun  2019 263

Umid Ahmadjonov O‘FA Birinchi vitse-prezidentligidan bo‘shash bo‘yicha ariza yozdi

Xabaringiz bor, joriy yilning 3-mart kuni Tayland poytaxti Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya kengashining 38-Bosh Assambleyasi (OOK) bo‘lib o‘tgan va unda Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidentligi lavozimiga Markaziy Osiyo mintaqasidan Umid Ahmadjonov saylangandi.

Shu kungacha O‘FA Birinchi vitse-prezidenti sifatida faoliyat olib borgan Umid Ahmadjonov bir vatqning o‘zida Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti sifatida ham ishlayotgandi. Ammo chet elga uyushtiriladigan xizmat safarlari ko‘pligi bois Umid Ahmadjonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidan ketishga qaror qildi, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.
“Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidentligi nihoyatda mas'uliyatli vazifa. Kelasi  yil Tokioda Olipiya o‘yinlari boshlanadi. Mazkur musobaqaga vaqt kam qolmoqda. Xizmat safarlari ko‘p. Shu sababdan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidentligidan bo‘shash bo‘yicha ariza yozdim.
O‘ylashimcha, o‘tgan vaqt davomida o‘zbek futboli rivoji uchun astoyidil mehnat qilib, qo‘limizdan kelgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirdik. Bularning samarasi asta-sekin ko‘zga tashlanmoqda.
Shu o‘rinda yurtimizda sport rivojiga, xususan, futbol rivojiga katta ahamiyat qaratib kelayotgan muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovichga, barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berayotgan hukumatimiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman”, – dedi Umid Ahmadjonov.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech