23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,8 °C

Mamlakatimizda
9 Aprel  2019 1591

2019-yilning I choragida jinoyat ishlari o‘tgan yilgiga qaraganda sal kam 30 foizga kamaygan

Odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta'minlash borasida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar samarali faoliyat yuritmoqda.

 

2019-yilning birinchi choragida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 9 946 nafar shaxsga nisbatan 7 750 ta ish ko‘rib chiqildi. Mazkur ko‘rsatkichlar 2018-yilning shu davriga nisbatan shaxslar bo‘yicha 31,5 foizga, ishlar bo‘yicha esa 29,9 foizga kamaydi deb xabar bermoqda Oliy sud matbuot xizmati.

Jumladan, 147 nafar shaxs oqlandi va reabilitatsiya qilindi, sudlangan shaxslar soni 7 649 nafarni tashkil etib, shundan 1 954 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 5 309 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 386 nafar shaxs shartli hukm qilindi.

Shuningdek, 708 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalidan ozod qilindi, 6 218 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 1 928 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirildi, 1 814 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ayrim jinoyat turlari bilan sudlanganlik ko‘rsatkichlari kamaydi.

Hisobot davrida yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 1 804 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.

yetkazilgan 115,4 mlrd. so‘mdan ziyod moddiy zararning o‘rnini qoplagan 953 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.

3 544 ta jinoyat ishi, ya'ni barcha ishlarning qariyb 45,7 foizi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati tomonidan nazorat tartibida 297 nafar shaxsga nisbatan 242 ta ish ko‘rib chiqildi. 169 nafar shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilindi va 83 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech