16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Xavfsizlik
4 Sentyabr  2019 347

Uchuvchisiz uchish qurilmasining “parvozi” poezdda yakunlandi

Surxondaryo viloyati bojxona boshkarmasi Boldir temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni mamlakat hududidan yo‘lovchi poezdida yo‘lovchi sifatida kirib kelgan fuqaroda uchuvchisiz uchish aparati borligi aniqlandi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi.

Ma'lum bo‘lishicha, K.G. bojxona nazoratidan o‘tkazilganda uning qo‘l yuklari orasidan og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan va hyech qanday tegishli hujjatlari bo‘lmagan 1 dona “Discovery” nomli uchuvchisiz uchish apparati borligi oshkor bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Ta'kidlash joizki, joriy yil 2-may kuni qabul qilingan O‘RQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilanib, 2019-yil 4-noyabrdan amalga kiritiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech