07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20 °C

Transport
9 Mart  2020 636

Uchuvchi kadrlarimizni Fransiya tayyorlaydimi?

Mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasi delegatsiyasi va Tuluza shahridagi «AIRBUS» korxonasi vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Yurtoshlarimiz samolyotlarning to‘liq montaj davriyligi, keng korpusli havo kemalari afzalliklari, kompaniya mahsulotlari va aviatsiya bozorida ishtirokchilar o‘rtasidagi asosiy farqlar bilan tanishtirildi.

Shundan so‘ng kompaniya shtab-kvartirasida bosh direktor G.Fori bilan suhbat tashkil etildi. Tomonlar samolyotsozlik sohasida O‘zbekiston – Fransiya hamkorligi istiqbollarini muhokama qildi.

Kompaniya fazo sanoatini rivojlantirishda kartografiya, topografiya, yer va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi, geologik qidiruv kabi sohalardagi tajribasi bilan bo‘lishishga tayyor ekanini bildirdi.

«AIRBUS» rahbari, shuningdek, o‘zbekistonlik mutaxassislarni o‘z o‘quv markazlarida o‘qitish va kosmik sanoatning barcha sohalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yordam berishini qayd etdi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.

Ma’lumot uchun, «AIRBUS»ga 1960-yillar oxirida, yevropalik ishlab chiqaruvchilar birlashishi natijasida tashkil etilgan. U «AIRBUS» brendi ostida yo‘lovchi, yuk va harbiy transport samolyotlarini ishlab chiqaradi.

Kompaniya dunyoning 167 mamlakatida vakolatxonasiga ega. Uning 10 ta davlatda 25 ta ishlab chiqarish korxonasi, shuningdek, 77 ta mamlakatda 161 ta savdo agentlari faoliyat yuritadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech