23 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,4 °C

Xavfsizlik
23 Iyul  2019 449

Uchtepa tumanidagi hodisa bo‘yicha Toshkent shahar IIBB ma'lumot berdi

Ko‘pchilikka ma'lum, internetda patrul avtobusida xodim va fuqaro ishtirokidagi holat aks etgan video tarqaldi.  

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ikki nafar fuqarolar jamoat tartibini buzganliklari va jamoat joyida spirtli ichimlik iste'mol qilganliklari uchun qo‘lga olingan. Ulardan biri – ishsiz, muqaddam bir necha marta sudlangan namanganlik 49 yoshli Ulug‘bek M. mast holatda bo‘la turib, xodimni, avtobus haydovchisini haqorat qilgan. Uning tanbehlariga agressiv munosabatda bo‘lgan xodimga hujum qilib, uni urgan. Shundan so‘ng xodim unga nisbatan jismoniy kuch ishlatgan. Ulug‘bek M. Uchtepa tumani IIO FMBning 7-ichki ishlar bo‘limiga yetkazilib. U yerda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (“Mayda bezorilik”), 187- (“Jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste'mol qilish”) va 194- (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) moddalari bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirildi.    

Xodim tomonidan qo‘llanilgan jismoniy kuch yuzasidan prokuratura organlari tomonidan baho beriladi, deyiladi xabarda. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech