27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,5 °C

Bilasizmi?
10 Iyun  2019 555

Olimlar yangi asteroidning yer bilan to‘qnashishi ehtimolini hisoblab chiqishdi

Kattaligi futbol maydoniga teng keladigan o‘ta xavfli asteroidlaridan biri yaqinda yerga tushishi mumkin, deya ta’kidladi Yevropa kosmik agentligi.

Livescience portali 2006QV89 deb nomlangan samoviy jismning 2019-yil 9-sentyabrda sayyoramizga juda yaqin kelishi haqida xabar qiladi. To‘qnashuv ehtimoli 1:7000 gacha.

Xalqaro kosmik agentlik ro‘yxatiga 100 qavatli osmono‘par bino o‘lchamiga teng keladigan asteroid ham kiritilgan. Olimlarning fikricha, u 2196-yilda sayyoramiz bilan to‘qnashishi mumkin. Yerga eng yaqini 2010RF12 deb nomlanadi va u 2095-yilda yerga kelib urilishi mumkin ekan. Va reytingda diametri 2 ming metr keladigan 1950DA asteroidi birinchi o‘rinda turibdi. Asteroid 2880-yilda yerga yaqinlashishi mumkin, deb yozadi «The Sun».

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech