07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,5 °C

Ta'lim
16 Mart  2020 694

Darslar masofadan yo‘lga qo‘yiladi

Hurmatli ota-onalar, 16-martdan boshlangan ta’til davomida darslar uzluksiz davom etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi tomonidan qator tavsiyalar tayyorlandi, xususan:

- O‘qituvchilar o‘zlarining taqvim mavzu rejalarini ko‘rib chiqadi va ta’tilga qadar o‘tilishi kerak bo‘lgan yangi mavzular qolgan bo‘lsa, ularni o‘quvchilar uylarida darsliklardan mustaqil ravishda o‘rganib olishlari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlardagi maxsus guruhlarda tushuntirish berib boradi;

- O‘quvchilar o‘quv dasturidagi aniq fanlardan mustaqil ravishda misol va masalalar yechishi, gumanitar fanlarni o‘qib, o‘tilgan darslarni takrorlab borishi, qiziqishiga ko‘ra badiiy adabiyotlar o‘qishi, xorijiy tillardan lug‘atlarni yodlashi, shuningdek, ta’limiy elektron resurslardan (Khan Academy, Edu Market kabi resurslar) ko‘proq o‘rganish tavsiya etiladi;

O‘z navbatida o‘quvchilar ta’til paytida doimo sog‘lom turmush tarziga va sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilishi, qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvib turishi, imkon darajasida odamlar ko‘p to‘plangan joylarga bormasligi tavsiya etiladi, deb xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech