10 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33 °C

Energetika
10 Fevral  2020 1934

O‘zbekiston delegatsiyasi MAGATE anjumanida ishtirok etmoqda

 O‘zbekiston delegatsiyasi Fizikaviy yadroviy xavfsizlik bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda.

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) tomonidan 2020-yilning 10-14-fevralida tashkilotning Venadagi bosh qarorgohida o‘tkazilayotgan ushbu anjumanning ochilishida MAGATE Bosh direktori Rafael Mariano Grossi so‘zga chiqdi.

Konferensiya davomida MAGATE ga a’zo davlatlar ma’ruzalariga jiddiy e’tibor qaratildi. O‘zbekiston nomidan anjumanda energetika vaziri Alisher Sultonov so‘zga chiqdi.

Ma’ruzada mustaqillikka erishilgandan buyon o‘tgan yillar davomida O‘zbekiston Respublikasining yadroviy qurolsizlanish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatmaslik jarayonlariga izchil ravishda sodiq bo‘lib qolganligi, shuningdek uning Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma hamda O‘zbekiston Respublikasi va MAGATE o‘rtasidagi kafolatlarni qo‘llash to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha o‘z majburiyatlarini og‘ishmay bajarib kelayotganligi takidlandi.

Ayni paytda O‘zbekiston Hukumati tomonidan mamlakatning baqaror iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash, shuningdek elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni qondirish uchun energetika tarmog‘ining kelgusi rivojlanishini chuqur va har tomonlama tahlil qilish asosida o‘zining yadroviy energetikasini yaratish bo‘yicha taklifi ishlab chiqilgan.

Ushbu taklifni tayyorlashda ko‘p sonli omillar qatorida energetik xavfsizlikni ta'minlash zaruriyati, atrof-muhitga uglerod chiqarilishi miqdorini qisqartirish va boshqalar hisobga olingan.

Energetika vaziri MAGATE bilan samarali hamkorlikni qayd etarkan, uning doirasida 2020-yilning birinchi yarmida MAGATE ning yuqori malakali ekspertlarini jalb qilgan holda 15 ta milliy seminar o‘tkazilishi rejalashtirilganligia e’tibor qaratdi.

Xususan, Yanvar oyida, Toshkentda Yadroviy xavfsizlik to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Milliy yadro infratuzilma holatini har tomonlama baholash hamda yadroviy-energetika dasturining xavfsizligi, ishonchliligi va barqarorligini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 2020-yilda MAGATE ning Yadroviy infratuzilmasini kompleks ko‘rib chiqish bo‘yicha missiyasi o‘tkazilishini so‘ragan va u 2020-yilning oktyabrida bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech